So'nggi yangiliklar

2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻyicha Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Navoiy viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasi mas’ul xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.

 Navioy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga ko'ra viloyatimizda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1609 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100 taga oshdi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyat bo'yicha 1807.6 mldr. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,9 % ga teng.

Joriy yilning 28-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov  hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov Zarafshon shahri va Tomdi tumanida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Bugun, 25- iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tashkiligida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining rahbarlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Joriy yilning 25- iyun kuni  viloyat statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan Nurota tumanida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari ishtirokida “4-Mehnat 4-BX statistik hisobotini eStat 4.0 elektron tizimi  orqali jo’natish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 25- iyun kuni  viloyat statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan G’ozg’on tumanida korxona va tashkilot hisobchilari hamda xo‘jalik yurutuvchi subyektlari ishtirokida “4-Mehnat 4-BX statistik hisobotini eStat 4.0 elektron tizimi  orqali jo’natish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2021 - yilning yanvar-may oylarida dehqon va chorva (parranda) bozorlarida, uy xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, parrandalar va chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o'tkazildi 

2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-may oylarida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 542,2 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Bu jami sanoat mahsulotlari ulushida 5,4 % ga teng.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-may oylarida Navoiy viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda:

eStat 4.0 statistik hisobotlarni taqdim etishning onlayn tizimiga kirish my.stat.uz manzil boʼyicha amalga oshiriladi

 

Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 533,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 16,2 % ga kamaydi. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 138,2 mlrd. so‘mni (43,6 % ga kamaydi) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 88,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (48,2 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi bo'lim boshlig'i Xatamova Nilufar ishtirokida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning ulushi bo’yicha brifing