15/08/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 3 476,6 ming tonnani tashkil etdi. Ulardan 3 367,7 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 97,0 %), avtomobil transporti orqali esa 108,9 ming tonna yuk tashilgan (jamiga nisbatan 3,0 %).

Joriy yilning II choragida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtgan vagonlar soni 58 518 birlikdan iborat boʻlib, avtomobil transportlari soni esa 6 647 birlikni tashkil etgan.

61afa33a839a3501498857

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech