Yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar |
---|
Yoshlarga oid yangiliklar |
---|
Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
NASHR ETILGAN: 28/09/2023
2022- yil 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.
“Yorqin hayot” MFYda madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 27/05/2023
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda muntazam ravishda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari, turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, teatrlarga tashrif, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi madaniy-maʼrifiy tadbir Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda oʻtkazildi. Mazkur kecha Statistika agentligi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot”, “Navqiron”, “Marhamat”, “Mashʼal” MFY yoshlari taklif etildi.
Tadbirda mahalla ahlining madaniy hordiq chiqarishi uchun sport musobaqalari tashkil etilib, sanʼatkorlar tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar kuylandi.
Xususan, kamondan o'q otish, arqon tortish, stol tennisi, bandminton, shaxmat, shashka va boshqa sport musobaqalarida nafaqat yoshlar, balki kattalar ham faol ishtirok etishdi.
Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
NASHR ETILGAN: 15/04/2021
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tashabbusi doirasida “Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida onlayn muloqot tashkil qilindi.Tadbirda O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlari deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning “Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Sultonov hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilar kegashi raisi A.Eshboyev onlayn muloqotda ishtirok etib, muhokamalarda faol qatnashdi.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
NASHR ETILGAN: 01/03/2021
2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 18/02/2021
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
“Yosh statistiklar” loyihasi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
NASHR ETILGAN: 17/05/2022
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida, loyiha koordinatori Mixail Gundaryev bilan videomuloqot tashkil etildi.
Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov hamda Raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi Aziz Eshboyev ishtirok etib, loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Muloqot jarayonida Rossiya Federasiyasining yetakchi universitetlaridan “Aloqa, muzokaralar va targ‘ibot” dasturi bo‘yicha malaka sertifikatini olish tartibi hamda biznes kommunikatsiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olishdi.