12/08/2022

Barchamizga ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 11-12 avgust kunlari Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligi A. Tashnazarov, qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘lim boshlig‘i  S. Tuyg’unov va M. Yuldashevalar  Samarqand viloyatining Jomboy tumanda bo’lib, tumanda  sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatga olish bo’yicha ishchi guruh bilan birgalikda ro'yxatga olish uchastkalarini ko'zdan kechirdi, so‘rovnomalar, anketalar, qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, kartografik materiallar va ro'yxatga olish uchastkalarinining sxemalari bilan tanishdi.

Ro‘yxatga olish jarayonida mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha subyektlarning to‘liq ro‘yxati shakllantiriladi. Yagona dastur va metodika asosida o‘tkaziladigan kompleks statistik tekshiruv qishloq xo‘jaligining holati va tuzilishi, uning resurs salohiyatining mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risida eng to‘liq va xolis ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ish jarayonidan fotolavhalar:

photo2022-08-1211-00-51
photo2022-08-1210-51-52
photo2022-08-1210-50-58
photo2022-08-1210-29-57
photo2022-08-1210-29-51
photo2022-08-1114-37-42
photo2022-08-1110-22-26
photo2022-08-1110-22-27

Tugmani bosing Tinglash GSpeech