Navoiy viloyati statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha idoraviy komissiyasi

A. Ziyatov Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, komissiya raisi
U. Suyunov Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o’rinbosari, komissiya raisining o’rinbosari
A. Murodov Bosh yuristkonsult, komissiya kotibi
Komissiya a’zolari:
M. Yusupova Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi
Z. Xushmatov Inson resurslarini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi
U. Iskandarov Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo'limi boshlig'i
B. Bomurotov Buxgalteriya xisobi va moliyaviy ishlar bo'limi boshlig'i
I. Djurayev Statistika ishlarini tashkil etish va ma'lumotlarni tarqatish bo'limi boshlig'i

Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib boorish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
Me`yoriy-huquqiy baza
Hisobot
Yangiliklar

O‘RQ–419-sonli qonun mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o’tkazildi

NASHR ETILGAN: 04/02/2026

Joriy yilning 3-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar hamda talabalar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda boshqarma yuristkonsulti A. Muradov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan qonunlar, davlat dasturlari va amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning huquqiy ongi va mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi, halollik tamoyillari jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekani uqtirildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, huquqiy targ‘ibot tadbirining ahamiyati alohida e’tirof etildi.

PF–259-son Farmoni yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi

NASHR ETILGAN: 07/01/2026

2026-yil 5-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–259-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Muloqot davomida Farmonda raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash, tejamkorlik va samaradorlikni oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, xarid jarayonlarini tartibga solish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilab berilgani ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan aniq va tushunarli javoblar berildi.

Videoroliklar

Ishonch telefonlari



Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech