22
11

 

Rasmiy nomi

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi;

Ingliz tilida:

Navoi regional department of statistics;

Rus tilida:

Управление статистики Навоийской области.

 

  

Huquqiy asos

  • O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuni
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-27-son Farmoni
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-75-son qarori
Asosiy majburiyatlari

  • rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
  • foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
  • xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash;
  • statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslardagi ma’lumotlarni yangilab borish;
  • ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash;
  • milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
Ustivor yo‘nalishlar

  • makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
  • integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
  • “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
  • xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;
  • aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish.
Vakolatlari

  • rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;
  • rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi;
  • rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiradi;
  • rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazadi;
  • statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;
  • rasmiy statistikani tayyorlovchilar bilan statistika ma’lumotlari va metama’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi;
  • statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan uyg‘unlashuvni amalga oshiradi;
  • statistika kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek boshqa statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlarini ishlab chiqadi hamda yuritadi;
  • rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyatga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida maslahatlashuv va ishchi guruhlar tuzadi;
  • milliy statistika tizimi doirasida rasmiy statistika ma’lumotlarini muvofiqlashtirilgan holda tarqatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
  • rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan kelishilgan holda rasmiy statistika sohasidagi yagona atamalarni ishlab chiqadi;
  • rasmiy statistika sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • rasmiy statistika sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
  • qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech