15/08/2022

Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida, Davlat statistika qo’mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi sho‘ba mudiri D. Xodjayev tomonidan barcha tuman shahar statistika bo’lim xodimlari, fuqarolar yig‘inlarining hisoboti uchun mas’ullar ishtirokida onlayn tarzda seminar tashkil etildi.

Seminarda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx shakli “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot” ma’lumotlarini shakllantirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanilayotgan ma’lumot manbalarini tanlanma tarzda o‘rganish, shuningdek mazkur hisobot ma’lumotlarini kelgusida sifati va qamrovini yanada yaxshilash yuzasidan hududiy statistika organlari xodimlariga ko’rsatma topshiriqlar berildi.

photo2022-08-1518-45-51
photo2022-08-1518-45-46
photo2022-08-1518-45-44
1

Tugmani bosing Tinglash GSpeech