Kasaba uyushmasi raisi

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Kasaba uyushmasi raisi

Tuyg'unov Saloxiddin Raxmiddinovich

  • Telefon: (79) 223-23-40 (ichki raqam 86-10)
Kasaba uyushmasi a’zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida

Boshqarmamiz o‘z faoliyatida inson resurslarini qadrlash, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnati samaradorligini oshirish hamda doimiy rivojlanishiga sharoit yaratishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilagan.

Boshqarma tomonidan xodimlar, ayniqsa kasaba uyushmasi a’zolari uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy mehnat muhitini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, boshqarma binosida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual va madaniy salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy kutubxona faoliyat yuritmoqda. Mazkur kutubxonada turli sohalarga oid adabiyotlar jamlangan bo‘lib, kitob fondi muntazam yangilanmoqda.

7j1a3318_p85031

7j1a3318_p85031

Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar salomatligini muhofaza qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha ham samarali ishlar olib borilmoqda.

7j1a3318_p85031

7j1a3318_p85031

7j1a3318_p85031

Xodimlarning ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida, ish joylari zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu esa vazifalarni sifatli, tez va yuqori darajada bajarish imkonini bermoqda.

7j1a3393_p46232

7j1a3393_p46232

Xodimlar uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish orqali ularning kasbiy rivojlanishi va ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa tashkilotning barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Kasaba uyushmasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
Kasaba uyushmasiga oid yangiliklar

Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech