15/08/2022

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 15- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan navbatdagi onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparat xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

seminar1508_1seminar1508_2

Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid atamalar, eksport va import mahsulotlarini hisobga olish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Seminar davomida Davlat statistika qo’mitasi va hududiy statistika boshqarmalari mutaxassislari tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasini rivojlantirish, tizimdagi mavjud muammolar va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilish bo'yicha fikr almashdilar.

seminar1508_3seminar1508_4

Hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

stat.uz

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech