Joriy yilning 15- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari J. Umarov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i J. Soyibov va Navoiy shahar statistika bo’limi registratori I. Ravshanov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida nooziq-ovqat narxlarini o'rganishda registratorga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.