So'nggi yangiliklar
19/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 19- noyabr kuni poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida Davlat statistika qo’mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), MDH statistika qo’mitasi, AQSHning aholini ro’yxatga olish burosi vakillari, Fransiya, Italiya, Vengriya, Buyuk Britaniyalik xorijiy ekspertlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olishni kuzatish missiyasining debrifingi” tashkil etildi.
19/11/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning 19- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” 2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-son qonunining mazmun-mohiyati ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat koʼrsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 686 tani tashkil etgan.
18/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari U. Suyunov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida o’tkazilayotgan aholini roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrif buyurishdi hamda mazkur jarayonlar bilan tanishmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) soni 20 737 ta boʼlib, shundan xususiy korxonalar soni 5 700 tani tashkil qildi.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda jami 4 157 ta oilaviy korxonalar roʼyxatdan oʼtgan boʼlib, ulardan 3996 tasi faoliyat yuritmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning 1- noyabr holatiga koʼra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning soni 234 tani tashkil etdi.
16/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 232 tani tashkil etdi.
Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, viloyatimizda 2021- yil yanvar-oktabr oylarida (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) jami 4524 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.
16/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
15/11/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 7 803,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.
15/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 13- noyabr kuni poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida Davlat statistika qo’mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), MDH statistika qo’mitasi, AQSHning aholini ro’yxatga olish burosi vakillari, xorijiy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasidan M. Yuldasheva, S. Boboqulov hamda D. Xidirovlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish jarayonlarida tajriba almashish maqsadida, ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etilishi hamda o’tkazilishida faol ishtirok etishdi.
15/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11–12- noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan atroflicha tanishdi.
12/11/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12- noyabr kuni Navoiy shaharidagi Kasb-hunar maktabida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
12/11/2021 • So'nggi yangiliklar
2020- yilda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi, % da
355-sahifa 377 dan