So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, 45,2 % i 31-55-yoshlilar, 32,4 % i 19-30 yoshlilar, 13,0 % i 56 yosh va undan kattalar, 9,4 % ini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi.

  2021- yil 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori va mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 283 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 808 taga ko‘paygan.

 Joriy yilning 11- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsult A. Muradov va Navoiy viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda boshqarmaning ishchi xodimlari ishtirokida, boshqarma majlislar zalida “Respublikamizda YHXB tizimida yangi qabul qilingan qonun va qonun osti” hujjatlar hamda bugungi kunda sodir etilayotgan yo‘l transport  hodisalari oldini olish bo'yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.               

2021- yilning 10- noyabr kuni Uchquduq tumani iqtisodiy kompleks rahbar xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston xorijdan  21 109 tonna go‘sht import qilgan.

Go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 865 tonnaga oshgan.

2021- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami 45 259 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 914 taga ko‘p. 2021- yil yanvar - oktabr oylarida 5 545 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

 Respublikamizda 2021- yil yanvar - oktabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 87 197 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7 606 taga ko‘p.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda umumta’lim muassasalarida 1-4-sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar jami 1206,8 ming nafarni tashkil etgan,  ularni hududlar bo‘yicha soni quyidagicha:

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 26,9 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 76,4 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 12,6 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2021- yilning 04- noyabr kuni Navoiy Davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 85,2 % bilan ustunlik qildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 154,7 mlrd. so‘mga yetdi

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida transport xizmatlarining ulushi– 17,4 % tashkil etmoqda.

  2021- yilning o‘tgan davrida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i, aniqrog‘i 82,9 % ini tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 30,7 % ni tashkil etib, bu esa 1 603,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.