So'nggi yangiliklar

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 66 854,7 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 2020- yil yakunida mamlakatimizda dermato-venerolog ixtisosligi bo‘yicha shifokorlar soni 1,4 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 0,3 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 083,5 mln. AQSH dollariga teng boʻldi.

Joriy yilning 21- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika idoralari rahbarlari kengashining 63- yig’ilishi o‘z ishini boshladi.

2021- yilning 21- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Joriy yilning 21- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, viloyatimizda xizmatlar sohasining  asosiy ko‘rsatkichlari hajmi 6 699,8 mlrd. so’mni,  o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur‘ati  117,4 % ni tashkil etmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021-  yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida aloqa va axborotlashtirish sohasida koʼrsatilgan xizmatlar hajmi 267,2 mlrd. soʼmni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-noyabr  oylarida viloyatda 6 699,8  mlrd. soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan. 

Viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning  1- dekabr holatiga viloyatimizda  faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 20 427 ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 5 489  tani tashkil qildi.

Viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 254 tani tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning 1- dekabr holatiga koʻra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni
234 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 17- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 7701,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 65,6 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-noyabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Navoiy viloyati  16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 71,7 % ni tashkil etdi, shundan 26,3 % bir bolali, 29,1 % ikki bolali, 13,6 % uch bolali hamda 2,7 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan.28,3 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 7214,3 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 61,5 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 4212,8 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 35,9 %) va boshqa xarajatlarga 303,3 mlrd. so‘m (2,6 %) o‘zlashtirildi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.