“Open data Inception” tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 124 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni egalladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2022”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan mamlakatlar orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan.
Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O‘zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- o‘rinni egallagan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan Ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 422 turdagi O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlarini e'lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yildi.