So'nggi yangiliklar

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhim sohalardan biri hisoblanib, viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra 2022- yil 1- iyul holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

2021- yil davomida taransportning barcha turlari boʻyicha jami 6 029,7 mln yoʻlovchi tashilgan boʻlib, shulardan avtomobil transportida 5 914,2 mln (jami tashilgan yoʻlovchilarning 98,1 %), shahar elektr transportida (tramvay, trolleybus, metro) 104,6 mln (1,75 %), temir yoʻl transportida 7,9 mln (0,1 %) hamda havo transportida 3,0 mln (0,05 %) yoʻlovchi tashilgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, 2022- yilning yanvar-iyun holatiga viloyatimizda chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 136,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar: 

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda  raqobat  muhiti  o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Navoiy viloyatida – 65,2% ni, Toshkent shahrida – 64,6% ni,  Toshkent viloyatida – 62,9% ni, Andijon  viloyatida – 60,6%ni, Namangan  viloyatida – 57,5%  ni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar: 

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oydagi raqobat  muhiti  o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi axborot va aloqa  – 59,4% ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi  – 56,5% ni, sanoatda – 56,3% ni,  tashish va saqlash – 55,4% ni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 53,1% ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining birinchi majlisi oʻtkazildi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- iyul holatiga viloyatda jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 21 727 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 21629 tani tashkil etgan.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra respublikamizda jami 361 896 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 342 348 tasi faoliyat yuritmoqda.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- iyul holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 929 tani tashkil etib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 373 taga oshib, o‘sish sur’ati 111,0 foizni tashkil etdi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng).

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga oʻrtacha 73 birlikdan iborat boʻlib, 5 yil odin ushbu koʻrsatkich 68 birlikni tashkil etgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda jami 2 679,9 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 561 386 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 108,9 foizga oshgan va shu jumladan 88,6 foizini (497 293 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvariyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 854,4 mlrd. so‘mga oshib, 4 255,7 mlrd. so‘mga yetdi.