21/10/2022

2022- yil 21- oktabr kuni  Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida boshqarma yurist konsulti A. Muradov tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchilari) kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.

Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi aytib o’tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech