Bugun, Navoiy viloyat statistika boshqarmasida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “ Til - millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir mehmoni Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekan oʻrinbosari Q. Bozorov ishtirok etdi.
Davra suhbatida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.
O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.
Axborot xizmati