So'nggi yangiliklar

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-may oylarida  viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 442,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil 29- iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Murodov tomonidan Navoiy viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji o’quvchilariga “Biz yoshlarni qo'llab quvvatlovchi mening konstitutsiyam”  mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2022- yilning 1- iyun holatiga 1,5 mln. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- iyun holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni (8 268 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 barobarga oshgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.

Aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqidagi maʼlumotlar mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirishda zarur boʻlgan ishonchli va xolis axborot sanaladi. 

2022- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 20,1 ming boshni tashkil etdi.

Joriy yilning 28- iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida, Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan tizim  xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qo’shimchalar kiritish bo‘yicha olib borilayotga chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 27 626,1 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,2 % ini tashkil etdi.

2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-may oylarida  viloyatimizda 3 507,1 mlrd. soʼmlik bozor xizmatlari koʼrsatilgan. 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi. 

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko’ra, 2022- yil yanvar-may oylarida viloyatimizda import hajmi 224,0 mln. AQSH dollarga yetdi.

Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar - may oylarida Navoiy viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 315,8 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi 14,9 % ni tashkil etdi.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Jami oʻquvchilarning 3 235,7 ming nafari (51,3 %) oʻgʻil bolalar va 3 068,9 ming nafari (48,7 %) qiz bolalar hisoblanadi.

 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda chakana savdo tovar aylanmasi 4 201,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 12,2 % ga oshdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 190 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilib, ularning 90 % i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.