2022- yilning 1- oktabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 24 610 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,4 foizga oshganligi va shu bilan birga 90,6 foizini (22 296 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
✅Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
? Navoiy shahri – 5 539 ta
? Zarafshon shahri – 1 790 ta
? G‘ozg‘on shahri – 345 ta
? Konimex tumani – 1 015 ta
? Qiziltepa tumani – 3 255 ta
? Navbahor tumani – 2 555 ta
? Karmana tumani – 3 859 ta
? Nurota tumani – 1 672 ta
? Tomdi tumani – 636 ta
? Uchquduq tumani – 1 021 ta
? Xatirchi tumani – 2 923 ta
Axborot xizmati