2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Navoiy viloyatida qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining 73,6 % i yoki 2 659,4 mlrd. so‘mi aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Mazkur qurilish ishlari tarkibida yirik tashkilotlarning ulushi 21,9 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar 47,4 % va norasmiy sektor 30,7 % ni tashkil etdi.