So'nggi yangiliklar
29/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 556,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 17,2 % ga o‘sdi.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatimizda 4,6 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.Ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 928,7 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1244 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 87 371,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,1 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 16822 ta egizak chaqaloq tug‘ilganligi holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 376 taga ko‘p.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan. Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 74,2 ming tonnaga oshgan.
29/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan qiymati 502,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan.Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.
2021- yil 1- oktabr holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 496,2 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,6 %), shundan sigirlar – 209,7 ming boshni (102,6 %), qo‘y va echkilar – 2 328,1 ming boshni (102,4 %), otlar – 21,2 ming boshni (104,0 %) hamda parrandalar – 3 163,4 ming boshni (106,3 %.) tashkil etdi.
28/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Uchquduq tumani statistika boʻlimi tamonidan, Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
28/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 24- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida, Davlat statistika qoʻmitasi tamonidan 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida statistika faoliyatini tashkil etish yuzasidan tizim oldiga belgilab berilgan vazifalarning ijrosi holati, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash borasida amalga ishlar boʻyicha videokonferensiya tashkil etildi.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 66 854,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,3 % ni tashkil etdi.
28/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Navoiy shahriga to‘g‘ri kelib 28,1 % shuningdek, Karmana 19,6 %, Xatirchi 12,6 % ni, Qiziltepa tumanlarida 12,4 % ni tashkil etdi
28/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Shahar va tumanlar kesimida sanoat ishlab chiqarilishining respublika jami hajmidagi eng yuqori ulushi Navoiy shahriga to‘g‘ri kelib 85,2 % ni, shuningdek, Karmana tumani 9,9 % ni, Xatirchi tumani esa 1,7 % ni tashkil etdi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 253,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.
28/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Bugungi kunda viloyatimizda 3 635 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 760 tasi (mavjud korxonalar umumiy sonining 20,9 %) Navoiy shahriga, 595 tasi (16,4 %) Karmana tumaniga, 477 tasi (13,1 %) Xatirchi tumani hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
2022- yil 1- yanvar holatiga Statistika organlariga taqdim etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotining “1-maktabgacha” ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2022-yil 18-yanvardan kechiktirmay,
27/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Yaqinlashib kelayotgan Yangil yil munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida,
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Navoiy shahri 33,3 % ulush bilan 2 777,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
349-sahifa 377 dan