Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 52,1 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,9 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 113,9 % ni tashkil etgan holda 2 272,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Axborot xizmati