08/11/2022

Navoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egalladi va 31,3 % ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar savdo xizmatlari (31,3 %), moliyaviy xizmatlari (21,1 %), transport xizmatlari (16,4 %), shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha (6,2 %) qayd etildi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,4 % ga yetdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech