08/11/2022

Joriy yilning 8- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasining majlislar zalida  2022- yil III chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi.

Unda Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda  masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.

Yig’ilishni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i Tashnazarov Asqar Abdumuratovich ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek yig’lish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2022- yil III-choragi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlarini, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo’yicha ijro holati, hisobotalar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha  ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech