2022- yil 7- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo'mitasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarma boshlig'i M. Jomolov, boshqarma mas’ul xodimlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari ishtirokida 1-TJ “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to'g'risida so'rovnoma” o'tkazilishi bo'yicha “Zoom” platformasi orqali seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Seminarda, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi”ga asosan yilda bir marta 1-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida” gi tanlanma kuzatuvni to’g’ri tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetga xatosiz kiritilishi bo‘yicha takidlab o’tildi.
Tanlanma kuzatuvni o’tkazishda quydagilarga amal qilish shartlari :
- uy egalariga hurmat bilan murojaat qilish, ularga nisbatan xushmuomala bo‘lish va so‘rov ixtiyoriy bo‘lishini ta’minlash, uy egalaridan olingan ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlash;
- uy egalariga kuzatuvning maqsadi va vazifalarini aniq bayon qilish, maxsus so‘rovnomaga asosan xolisona va beg‘araz so‘rov o‘tkazish;
- so‘rov o‘tkazilayotgan shaxsning ruxsatisiz to‘ldirilgan so‘rovnomaga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritmaslik, so‘rovnomani qalbakilashtirishga yo‘l qo‘ymaslik;
- intervyuni tugatishdan avval, to‘ldirilgan so‘rovnomalarning to‘liqligini va sifatini tekshirish kerakligi tushuntirib o'tildi.