So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 7-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov, Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi intervyuyeri N. Toshtemirov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida Xatirchi tumani “Tomabaxrin” MFY ga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi va intervyuyer bilan boʻlib oʻtadigan soʻrovnomada ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 463,4 tonna yogurt ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida qurilish sohasida 4 204 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida 14 730 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Janubiy Koreyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning 4–11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakillari  bilan uchrashuv o‘tkazilishi  belgilangan.

9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hamda 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 853,6 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

2023-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz Ochiq ma’lumotlar institutining (Open Data Institute) Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi. Bu foydalanuvchilar ishonishi mumkin bo‘lgan barqaror qo‘llab-quvvatlanadigan ochiq ma’lumotlar muntazam nashr etilishini anglatadi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 457 ta bo‘ldi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 773,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 612,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qirgʻiz Respublikasiga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar–oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 46,9 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, 308 217 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 790 739,2 mln. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 22 845 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Misrga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.