So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi ayollar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 58,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarining ijarasi va lizingi boʻyicha xizmatlar hajmi 337,1 mlrd. soʻmga yetdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 21 103 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qayd etilgan nikohlar soni 35 067 nafarni tashkil etgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2023-yilning IV choragida oʻtkazilgan kuzatuv natijalariga koʻra, yaqin uch oydagi oʻzgarishlar istiqboli boʻyicha iqtisodiy vaziyatini yaxshilangan deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp ulushi qurilishda – 51,3 % ni, savdoda – 50,2 % ni va sanoatda – 49,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 31,2 ming tonna tabiiy qum ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 24,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga koʻpaydi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2023 yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 21,2 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2022 yilga nisbatan 130,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1,3 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida respublika boʻyicha 137 459 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 115 tonna pishloq  ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 103 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga koʻpaydi.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 56 730 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida 53 282 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar oyida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 073,8 ming soʻmga yetdi.