Joriy yilning 20-iyun kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi D. Kirgizov hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari U. Suyunovlar “NAVOI PROM GRAND” MCHJ Yuk avtomobillari saloni rahbar va hisobchilari bilan uchrashdi.
Muloqot mobaynida, har oyda Statistika agentligiga taqdim etiladigan 12 narx kuzatuvi “Tovar (mahsulot)larning ulgurji savdo narxlari” oylik, choraklikda amalga oshiriladigan savdosi to’g’risida mas’ullar bilan suhbat o’tkazildi.