20/06/2024

Joriy yilning 20-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekistonda statistika tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

1_-7j1a3038

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Baxodir Abdusalomovich boshchiligidagi Markaziy apparat xodimlari hamda Jahon banki ishchi guruhi aʻzolari Obert Pimxitzay, Ikuko Uochi, Yuliya Komagayeva, Stela Leuka va loyihani boshqarish guruhi asosiy mutaxassislari qatnashdi.

2_-7j1a3065

Missiyaning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyati samaradorligini oshirish, statistik maʼlumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini va tarqatish amaliyotini takomillashtirishdan iborat.

3_7j1a3087

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy  strategiyasi” tasdiqilangan edi.

5_-7j1a3051

Uchrashuvda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻrib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.6_-7j1a3071

7_7j1a3076

Tugmani bosing Tinglash GSpeech