So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8 214,2 ming juft paypoqlar  ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 52,3 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-920-sonli qonuni hamda “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining  jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-921-sonli qonunlarning mazmun-mohiyati  va ijrosi yuzasidan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 9 980,8 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida shahar joylarda respublika boʻyicha 16 310 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 26-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi “Profi University” filialida davra suhbati tashkil etildi.

2023- yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

2024-yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha to‘qqizinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 850 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 54 526,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar hamda yakka tartibdagi uylar soni 7 476,2 ming birlikni tashkil etdi.

2023-yil IV chorak yakunlariga koʻra, kichik korxona va mikrofirmalar oʻrtasida tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilib, unda 19 075 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi.

2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, goʻsht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.

Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram. Ayni damda viloyat Statistika boshqarmasi xodimlari bayram saylida ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 323 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 7,3 barobarga oshgan.

2024-yilning 1-mart holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 810 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 110,6 % ni tashkil etdi.