So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 6-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun Navoiy viloyatidagi “GIDRO-STANKO-SERVIS” va “BAHT-TEXTILE” MCHJlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi. 

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 2 042,9 ming tonna goʻsht (2022-yilning yanvar–sentabriga nisbatan 103,5 %), 8 579,2 ming tonna sut (103,5 %), 6 055,9 mln. dona tuxum – (102,0 %) yetishtirildi va 91 184 tonna baliq (110,5 %) ovlandi.

2023-yilning 4-dekabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini statistik baholash boʻyicha oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 74 640 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Respublikada 2 042,9 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,5 %ni tashkil qildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mening  faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-son farmoyishiga asosan viloyatdagi davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida 2023-yil 5-dekabr kuni Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan “Breyn-ring” intellektual turnirini tashkil etildi. Ushbu intellektual turnirda viloyat Statistika boshqarmasidan 6 nafar xodim ishtirok etib, oʻz bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 019 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 822 tasi qo‘shma va 8 197 tasi xorijiy korxonalardir.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 104 643 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklariga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 001,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 22 829 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 175 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 144 taga to‘gri keldi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 7 201,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sdi.

2023-yilning 27–29-noyabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

O’zbekistonda 2023-yil 1-noyabr holatiga jami 426 270 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan 422 586 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

Navoiy viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 26,7 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Qozog'iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi huzuridagi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 20 728,7 mlrd soʻmga oshib, 86 778,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.