So'nggi yangiliklar

2023-yilning oʻtgan 10 oyi davomida, moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʻminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari, moliyaviy xizmatlarning ulushi  88,3 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning 14-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun Navoiy viloyatidagi “JOZIBALI QURILISH MONTAJ” va “NAVPROMLITMASH” MCHJlarning ishlab chiqarish jarayonlari hamda qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi. 

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida "Oʻzbekistonda statistika tizimini mustahkamlash" loyihasi doirasida Jahon banki missiyasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyati bo’yicha ishlab chiqarish sanoatida 1 431,3 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 12,1 % ga oshdi.

Navoiy viloyatida  2023-yil yanvar–sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 13 540,1 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 052,9 ming dona bamper va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

 

2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 032 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning yanvar-оktabr oylarida viloyatimizda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 149,0 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,6 %ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 178 873,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami  61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 227 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-noyabr  oylarida bu sohada 1 334  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 5 041,4 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-оktabr oylarida viloyatimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 125,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,4 %ini tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 027 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan.

2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, savdo sohasida 219 716 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 256 533 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 13 780,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 54,2 mlrd.soʻmga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,1 % iga) toʻgʻri keldi.