So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida ijara xizmatlarining hajmi 6 709,6 mlrd. soʻmga yetdi.

Joriy yilning 27- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 29,4 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 26-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalomovich hamda agentlik vakillari MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 68-onlayn uchrashuvida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlari hajmi 8 532,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 19-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida oʻquv-treninglar kurslari tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatining eksport hajmi 619 210,1 ming AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 113,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Navoiy viloyati boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 39 397,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 626 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

“Assalom yangi kun” dasturida viloyat Statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi Madina Yoʻldosheva bilan suhbat.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 336,5 mlrd. soʻmga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda  o’sish sur’ati 112,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida jami 6 175,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyati bo’yicha tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 11 474,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 12,5 % ga to‘g‘ri keldi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 301 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida 940,5 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 % ga yuqoridir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 984,9 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida, taʻlim sohasidagi xizmatlar hajmi 16 295,6 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.