Joriy yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farhod Toʻrayev, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi Botir Melikmurotov, Bosh yuriskonsult Dilshodjon Ibrohimov va hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari ishtirok etdi.
Nomzodlarni ishga kirish jarayonida va davlat xaridlari boʻyicha mafaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganda, masʼul boʻlimga xabar berish tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining mehnat qonunchiligiga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi foliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ - huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.