03/07/2024

Joriy yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Sanoat va energetika statistikasi boshqarmasi hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshchiligida “Statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish jarayonlarining namunaviy modeli” (Generic Statistical Business Process Model – GSBPM) milliy modelini amaliyotga joriy etish boʻyicha xatlov natijalari yuzasidan “Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish” koʻrsatkichlarini shakllantirish jarayoni misolida taqdimot oʻtkazildi.

1_-7j1a4591_p91603

Taqdimotda, markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari va xodimlari hamda (GSBPM) milliy modelini amaliyotga joriy etish boʻyicha masʻul xodimlar ishtirok etdi.

2_7j1a4614_p58955

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorida ham bu borada vazifalar belgilangan edi. Jumladan, qarorga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplarini milliy statistika tizimiga joriy etish maqsadida: statistika maʼlumotlarini xalqaro GSBPM modeli asosida shakllantirilishni yoʻlga qoʻyish, rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlarini ishlab chiqish shular jumlasidan.

3_-7j1a4606_p37709

Sanoat va energetika statistikasi boshqarmasi boshligʻi Sardor Joʻrayev ishtirokchilarni (GSBPM) milliy modelini amaliyotga joriy etish boʻyicha xatlov jarayonlari bilan tanishtirdi.

Taqdimot yakunida  ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

4_7j1a4595_p19530

Tugmani bosing Tinglash GSpeech