So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida ijara xizmatlarining hajmi 103,9 mlrd. soʻm yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 1 174,3 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov Xatirchi tumani statistika boʻlimi xodimi S. Shodmonov bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,8 %ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 59 097,0 mlrd. soʻmni yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,9 % ini tashkil etdi.

2023-yil 1-noyabr holatiga savdo sohasida 218 075 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida 20 506 ta tug'ilish qayd etilgan. 

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 97,2 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,5 %ga koʻpaydi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 272 tani tashkil etdi.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Tojikistondan Oʻzbekistonga 1 758,2 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 50,0 %ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sanoat sohasida 12 371 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

2023-yilning 9 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 6,3 ming tonnani tashkil etdi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich talabalarga “Mamlakatimizda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari” mavzusida ochiq dars oʻtib berdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Erondan Oʻzbekistonga 5 299 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Inson huquqlari  boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzuda oʻquv kursi boshlandi.

 Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti tomonidan Zafarshon shahar statistika bo‘lim xodimlari, korxona va tashkilotlar hisobchilari ishtirokida “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini koʻchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 23-oktabrdagi  871-sonli qonunni keng targ’ib qilish yuzasidan huquqiy tag’ibot tadbiri oʻtkazildi.