Joriy yilning 15-iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–64-son “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan qarorning asosiy maqsad va vazifalari, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



