Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 3 095,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,4 % ga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori hajm quyidagi tumanlarda qayd etildi:
Xatirchi tumani – 732,2 mlrd soʻm;
Qiziltepa tumani – 554,1 mlrd soʻm;
Navbahor tumani – 441 mlrd soʻm;
Karmana tumani – 385,5 mlrd soʻm.




