Joriy yilning 17-iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining Navoiy viloyati hududiy vakili S. Ismatov ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori mazmun-mohiyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida joriy etilgan yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) varaqalari asosida nafaqa tayinlash tartibi, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini hisoblash hamda to‘lash mexanizmlari, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarining ahamiyati va ularning fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdagi o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish, elektron arizalar yuborish va ma’lumot olish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilish tartiblari, elektron xizmatlardan foydalanishning afzalliklari va qulayliklari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv xodimlarning ijtimoiy sug‘urta tizimi bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlashga xizmat qildi.



