Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 12,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 trln so‘mga yoki 62,9 % ga oshgan.
Jami asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar boʻyicha hajmi, mlrd so‘m:
Navoiy shahri – 1 863,9 mlrd
Zarafshon shahri – 563,9 mlrd
G‘ozg‘on shahri – 271,8 mlrd
Karmana tumani – 1 874 mlrd
Konimex tumani – 355,5 mlrd
Qiziltepa tumani – 350 mlrd
Navbahor tumani – 321 mlrd
Nurota tumani – 4 284,1 mlrd
Tomdi tumani – 1 822,6 mlrd
Uchquduq tumani – 865,6 mlrd
Xatirchi tumani – 327,6 mlrd




