So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 14- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yiling 14- noyabr kuni Karmana tumani statistika bo’limida xodimlar ishtirokida viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etilib, unda OʻRQ-989-son Qonuni hamda Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz mavzulari to’g’risida so’z yuritildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 6 762,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 77,4 % ni tashkil etdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga oshgan.

Joriy yilning 13- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun xizmatlar sohasi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, statistik hisobotlar va kuzatuvlarni o'tkazish yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 57 642,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,8 % ga o‘sdi.