Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 90,6 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,8 % ga oʻsgan.
Uzum yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xatirchi tumani (57,3 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Shuningdek, Navbahor (19 %), Qiziltepa (12,5 %), Nurota (5,9 %) va Karmana (4,2 %) tumanlarida ham uzum yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.