2025- yilning 27–31- yanvar kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan "Kuzatilmaydigan iqtisodiyot" mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mehmonov, Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Dinara Anarbekova, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhriddin Sattarov hamda Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Bahodir G‘ofurov ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, kuzatilmaydigan iqtisodiyot boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalaniladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.