Turar-joy va binolarni raqamlashtirish aholini ro'yxatga olish jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Bu jarayon aholining aniq va tizimli ro'yxatga olinishi bilan bir qatorda, turli sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 4- fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Karmana tumani “Dehqon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari davomida turar-joy va binolarning raqamlanganlik holatini o‘rganish muhim qadamdir, chunki u aniqlik va to‘g‘ri ma'lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydi.
Bu jarayon aholini ro‘yxatga olishda aniqlikni ta’minlashga, har bir fuqaroni va turar-joyni qamrab olishga yordam beradi.