2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 145 069,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,2 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Navoiy shahri (83,3 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Shuningdek, Karmana (8,2 %) va Xatirchi (1,4 %) tumanlarida ham sanoat ishlab chiqarishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.