So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 7 614,2 tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 569,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  1,4 trln soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 758,3 mlrd soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 4,8 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi (AQSH dollari):

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida jami yirik korxonalar tomonidan 10 613 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 11,5 trln soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3,5 % ga oshgan.

2024-yilning 1-may holatiga Navoiy viloyatida jami 1 307 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular 2018-yilning mos davriga (889 ta) nisbatan 418 taga koʻpaygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-aprel oylarida 63,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-aprel holatiga koʻra, toʻrt va undan koʻp bolali uy xoʻjaliklar 7,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga 43 393 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2024-yil yanvar-aprel oylarida Navoiy viloyatida jami 232,3 ming m³ kislorod ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 m. ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 899,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,1 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.

2023-yil davomida Buyuk Britaniyadan  Oʻzbekistonga 16,2 ming nafar turistlar tashrif buyurgan.