So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:

2021- yil 1- oktabr holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 496,2 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,6 %), shundan sigirlar – 209,7 ming boshni (102,6 %), qo‘y va echkilar – 2 328,1 ming boshni (102,4 %), otlar – 21,2  ming boshni (104,0 %) hamda parrandalar – 3 163,4 ming boshni (106,3 %.) tashkil etdi.

    2021- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning noyabr oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,4 trln. so‘mga o‘sdi va 27,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 34 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.

2020- yilda mamlakatimizda shahar joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il bolalar soni 359,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 88,1 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

 O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar–noyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 419,2 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 85,5 % ni tashkil qilgan.

2021- yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida 738 nafar 40 va undan katta yoshdagi ayollar farzandli bo‘lishgan.

2021- yilning dekabr oyida noutbuk narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.  Noutbuk narxlari 2021- yil davomida o‘rtacha 5,9 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

2021- yilning yanvar- noyabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida o‘qish uchun Janubiy Koreyaga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1,7 ming kishini, shundan 22,2 foizini ayollar tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 847 dona avtobus ishlab chiqarilgan.Avtobus ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida banan narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 4 % ga arzonlashgan.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 93 563  о‘quvchi o‘rin umumta’lim maktablari foydalanishga  topshirildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2021- yil yanvar - noyabr holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 34,5 %ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar- 42,7 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar ulushi - 22,8 %ni tashkil etdi.

2021- yil 1 oktabr holatiga Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 23,6  birlikni tashkil etdi.

2020- yilda mamlakatimizda qishloq joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan qizlar soni 247,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 143,2 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 6 -yanvar kuni Uchquduq tumani statistika boʻlimi mutaxassisi tomonidan 7-umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻqituvchi murabbiylariga  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumot berildi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 397,3 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.