2022- yilning yanvar- mart oylarida Navoiy viloyatida 3 459,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 %ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2,0 %ni tashkil etib, 70,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 388,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 98,0 % investitsiyalari o‘zlashtirildi.
Axborot xizmati