22/04/2022

Kuni kecha, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Xatirchi pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji hamkorligida seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi, pedagog xodimlar va OAVlari ishtirok etdi.

Seminarda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi M. Yuldasheva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi  Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati boʻyicha ishtirokchilarga axborot berib oʻtdi.

Aholini roʻyxatga olish bu — kelajak sari yangi qadam, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni, fuqaroligi, nikoh holati, odamlarimizning taʻlim darajasi (oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xoʻjalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha bugungi kunda yetarlicha mavjud boʻlmagan maʻlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlarga aniqlik kiritiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarni  qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tamonidan batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech