2022- yil yanvar-mart oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 5,1 % punktga kamayib, 6,9 % ni yoki 3,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 46,6 trln. so‘m yoki jami investitsiyalarning 93,1 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 5,1 % punktga ko‘paydi.
stat.uz